Unda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Fargʻona, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyatlaridagi agroxizmatlar markazlari, qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari,ularning viloyatlardagi ilmiy-tajriba stansiyalari, oliy va professional taʼlim muassasalari hamda fermer xoʻjaliklari vakillari ishtirok etmqoda.

Seminarda treningda loyihaning xalqaro maslahatchisi, qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha 40 yillik tajribaga ega Buyuk britaniyalik mutaxassis Devid Kaxan qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda xizmat qiluvchi “Innovatsion guruhlar” tushunchasi, ushbu guruh yordamida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni barataraf etishga oid taqdimot oʻtkazdi.

“Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi rivojlanishi, raqobatbardosh va iqtisodiy oʻsishida innovatsiyalar oʻrni beqiyos. Fermerlar oʻz imkoniyati va kuchiga tyangan holda, qoʻl ostilaridagi xoʻjaliklarni biznes kabi boshqarishlari va yetarli bilim va koʻnikmaga ega boʻlib turli xavflarga yechim topa olishlari kerak. Innovatsiyalarni qoʻllashda esa xususiy sektor bilan samarali aloqalar alohida oʻrin tutadi, bunday aloqalarni oʻrnatishda esa innovatsiyalar boʻyicha mutaxassilar talab etiladi.” – dedi u.

Seminar trening ishtirokchilarga guruhlarga boʻlingan holda amaliy mashgʻulotlarda gʻalla-paxta, chorvachilik, bogʻdorchilik sohalaridagi hamda suv resursi bilan bogʻliq asosiy muammolarni tahlil qilish imkoni taqdim etmoqda.