2026–2027-yillarda qishloq xoʻjaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib belgilandi.
Farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan:
- qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi;
- qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri boʻyicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.
Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutildi.








