Gʼozgʼon shahar Ekologiya boʼlimi davlat inspektorlari joyiga borib holatni oʼrganganda haqiqatdan ham Oʼzbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan boʼz echkiemar mahalla hududiga kelib qolganligi va uning holati qoniqarli ekanligi aniqlandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining yozishicha, joyida dalolatnoma rasmiylashtirilib, Obodonlashtirish boʼlimi xodimlariga minnatdorchilik bildirildi va boʼz echkiemar Gʼozgʼon shaharining dasht hududiga olib borilib, tabiat qoʼyniga qoʼyib yuborildi.