Vazirlik matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan kelib tushgan murojaat asosida oʻrganish oʻtkazilganda viloyatning Boyovut tumanida fuqaro Y.A. tomonidan yirtqich qush – Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan burgut noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 92-moddasi boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga BHMning 5 baravari – 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.
Maʼlumot uchun, burgut zaif, tabiiy jihatdan kam uchraydigan, doimiy yashovchi va mahalliy tarqalgan qushlar turiga kiradi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda taxminan 200 juft burgut yashaydi.