баннер
23 Apr 2025
20:58

    Qizil kitobga kiritilgan qushning noqonuniy savdosi toʻxtatildi

    Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat IIBning Quva tuman boʻlimi hamda qoʻriqlash xodimlari tomonidan Quva tumani hududida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Tadbir davomida fuqaro I. N. tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona yirtqich burgut Telegram tarmogʻi orqali noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, burgut ashyoviy dalil sifatida fuqarodan olib qoʻyildi hamda vaqtincha saqlash uchun Fargʻona viloyati hayvonot bogʻiga joylashtirildi.

    Shuningdek, fuqaroga nisbatan MJtKning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech