«Qizil kitob»ga kiritilgan yo'rg'a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo'yib yuborildi.

    Yashil sayyora 2 Iyun 2020 1608

    Qo'ng'irot tumanida o'tkazilgan ushbu ekologik aktsiya haqida Davlat ekologiya qo'mitasi axborot xizmati ma'lum qildi.

    Tabiat qo'yniga 2040 bosh qush uchirma qilingan bo'lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo'lgan “International fund for houbara conservation” markazida ko'paytirilgan.

    eslatib o'tamiz, yo'rg'a tuvaloqlar 2009 yilda O'zbekiston “ Qizil kitobi”ga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho'llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.