-Qizil lavlagi homilador ayollar uchun foydali mahsulot.

-Tarkibidagi foli kislotasi homilani har xil kasallik va illatlar rivojlanishidan, bola muddatidan oldin (chala) tug'ilishidan himoyalab turadi.

-Qizil lavlagi magniy va temir moddalariga boy bo'lgani uchun insonni kamqonlilik kasalligidan saqlaydi.

-Qizil lavlagi inson tanasidagi charchoq va horg'inlikni qoldiruvchi kuchli vosita hisoblanadi.

-U kayfiyatni ko'taradi va tanaga quvvat bag'ishlaydi.

-Jismoniy va aqliy toliqish davrida iste'mol qilishni tavsiya etishadi.

-Qizil lavlagi tanadagi yog'larni eritish xususiyatiga ega bo'lib, zararli toksin moddalarini jigardan chiqarib yuboradi.

Farrux Shernazarov, shifokor