Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Qiziltepa tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.R. “D.” ismli ayolning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, evaziga undan 8 mln soʻm talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.