Qiziriq tumanida Isfara mikro GES-1 ish faoliyatini boshladi

    Energetika 15 Dekabr 2023 1166

    Mazkur mikro GESning quvvati 230 kVt, oʻrtacha yillik 1 076 000,0 kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

    Bugun, 15-dekabr – Qiziriq tumani Isfara kollektorida Isfara mikro GES-1 ning ochilish marosimi oʻtkazildi.

    Mazkur mikro GESning quvvati 230 kVt, oʻrtacha yillik 1 076 000,0 kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

    Isfara-1 mikroGESda ishga tushurilishi natijasida mahallabay tizim orqali “Yangikent” mahallasining 460 ta xonadoni elektr energiya bilan taʼminlanadi va 5 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

    Oʻzbekistonda ilk bor mazkur GESda barcha uskunalar mahalliy ishlab chiqarish doirasida 100 % oʻzimizda ishlab chiqarilgan. Tizim tashkiloti hisoblangan “Suvsanoatmash” Ajda GES uchun zaruriy boʼlgan barcha jihozlar ishlab chiqarildi. Asosiysi, arzon va ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarilishi taʼminlanmoqda.

    Loyiha doirasida 60 m uzunlikdagi kanalda rekonstruksiya ishlari, suv toʻsish inshooti, suv boʻlish inshooti, bosimli havza inshooti qurilishlari, bosimli quvur (50 m) oʻrnatish, quvvat uzatish liniyasi kabi qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.

    Aytish lozimki, gidroenergetika sohasining taraqqiyoti mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bilan birga, yangi GESlar qurilayotgan, modernizatsiya qilinayotgan gidrotexnik inshootlar joylashgan hududlar aholisining turmush farovonligini oshishiga, ishlab chiqarish subyektlarining elektr quvvatlari bilan taʼminlanishiga, tom maʼnoda, xalqimiz farovonligini ortishiga mustahkam zamin yaratadi.