"Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun 2-avgustdan 16-avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining jadvaliga qisman o‘zgartirish kiritildi.

Xususan, 5 avgust kuni Qohira – Toshkent – Qohira yo‘nalishida amalga oshirilishi belgilangan parvoz 16-avgust kuni bajariladi.   

7-8-avgust Toshkent – Pekin – Toshkent yo‘nalishidagi reys esa 13-14-avgust kunlari amalga oshiriladi," deyiladi xabarda.