Sogʻliqni saqlash vazirligi va Germaniyaning KFW banki hamkorligidagi “Reproduktiv salomatlik, Onalik va bolalikni muhofaza qilish” loyihasi koʻmagi bilan Sirdaryo viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya, reanimatsiya va rentgen boʻlimlariga 821,5 ming yevro qiymatiga teng boʻlgan zamonaviy tashxislash va davolash tibbiy asbob-uskunalari keltirilgan.

Natijada, mazkur muassasada bolalarga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatish koʻlami yanada kengayib, xizmat koʻrsatish sifati oshdi. Bemor bolalarning qoni tarkibidagi elektrolitlar balansini aniqlash yoʻlga qoʻyildi. Zamonaviy diagnostika va davolashda klinik protokollar va davolash standartlari amaliyotga joriy etilib, yangitdan tashkil etilgan neyroxirurgiya boʻlimida 20 dan ortiq murakkab jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati