Qoʻngʻirot soda zavodi tanlov savdosi (tender)da ishtirok etish uchun taklifnoma

    Biznes 6 Iyul 2021 4820

    “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qoʻshma korxonasida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga kengaytirish.

    Sana: 2021-yil 6-iyul.

    Takliflar (oferta) topshirishning oxirgi muddati: 2021-yil 20-avgust 18:00 (Toshkent vaqti bilan). Ommaviy axborot vositalarida eʼlon chop etilgan kundan boshlab 45 kalendar kun ichida.

    Loyiha nomi: “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ qoʻshma korxonasida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 250 ming tonnaga kengaytirish”.

    Buyurtmachining boshlangʻich narxi: 190 000 000 (bir yuz toʻqson million) AQSH dollari.

    Qurilish muddati: 30 oy.

    Kontrakt shakli: Tayyor holda (YERS+F).

    Moliyalashtirish: Xorijiy investorning investitsiyalari va moliya institutlari kreditlari, shuningdek, pudratchi tomonidan jalb qilingan kredit resurslari hisobiga amalga oshiriladi.

    Buyurtmachi: “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK.

    Tender tashkilotchisi: “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK.

    Ishtirokchiga qoʻyiladigan talablar: Talabgor sifatida qatnashuvchi korxona va tashkilotlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori riskli va potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun litsenziyaga ega boʻlishi, tender savdolari qiymatining kamida 20 foizi miqdorida aylanma mablagʻ yoki bu mablagʻlarni taʼminlash uchun bank kafolati, ish (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur ishlab chiqarish bazasi, mehnat resurslari va mutaxassislari, tanlovdagiga oʻxshash obyektlardagi ish tajribasiga, shartnoma imzolash uchun fuqarolik huquqiy imkoniyat va vakolatlarga ega boʻlishi shart.

    Qoʻshimcha maʼlumot va tender hujjatlarini olish uchun ishtirokchilar murojaat qilishlari kerak: Diqqat: Sherzod Yuldashev. Investitsiya masalalari boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari. “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK. 230614, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston, Qoʻngʻirot tumani, Yelabad shaharchasi.Telefonlar: (+998 99) 212-55-79, (+998 94) 900-66-56. E-mail: sh.yuldashev@kungradsoda.uz.

    Tender hujjatlari toʻplamining qiymati: Toʻlovsiz (tekin).

    Takliflar (oferta) tender tashkilotchisi tomonidan qabul qilinadi: Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan manzil boʻyicha 2021-yil 20-avgust 18:00 dan (Toshkent vaqti bilan) kechikmagan muddatda.

    (Reklama oʻrnida)