Qonlikoʻl tumanida obodonlashtirish ishlaridagi talon-torojliklar aniqlandi

    Amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 224,4 mln soʻm oʻzlashtirilgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qonlikoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.K.” MCHJ va “Ya.B.I.” kompaniyasi masʼul shaxslari oldindan oʻzaro til biriktirib, “Doʻstlik” MFY hududida obodonlashtirishdagi qurilish-taʼmirlashda hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 224,4 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.