Murojaat “Oʻenergoinspeksiya” Qashqadaryo hududiy boʻlimi tomonidan hududga borib oʻrganildi, deya xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya” Matbuot xizmati.
Oʻrganish davomida “Sardor yoʻl qurilish” xususiy korxonasi rahbari Jahongir Hayitovning Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari”ning 14-bandi talablari qoʻpol ravishda buzib, “Noruda Invest” MCHJga tegishli 10 kV shahobchaning 2 va 3 ustunlar oraligʻi qismining ostidan “Sardor yoʻl qurilish” xususiy korxonasi tomonidan temir-beton asos (fundament) qurilish ishlari bajarilayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan “Sardor yoʻl qurilish” xususiy korxonasiga “Noruda Invest” MCHJga qarashli 10 kV havo liniyasi shahobchasining muhofaza zonasida bajarilayotgan qurilish ishlari “Noruda Invest” MCHJ tomonidan yozma rozilik olinganidan soʻng, amaldagi qoida talablariga mos ravishda bajarilishi lozimligi tushintirildi.
Ushbu holatni bartaraf etish uchun “Oʻenergoinspeksiya” Qashqadaryo hududiy boʻlimi tomonidan Shahrisabz tuman hokimi, Shahrisabz IIB boshligʻi, Shaxrisabz FVB boshligʻi nomiga tegishli choralar koʻrishlari talabnomalar kiritildi.