Prezident Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar boʻyicha parlament komissiyasini tashkil etishni taklif qildi

    Keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchaydi.

    Xususan, yangilangan Konstitutsiyamizda 100 ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolar oʻz takliflarini quyi palataga kiritish huquqiga ega ekani kafolatlandi.

    Fuqarolarning tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezident Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar boʻyicha parlament komissiyasini tashkil etishni taklif qildi.