Qoʻqon shahrida Oʻzbekiston–Kuvayt biznes-forumi oʻtkazildi

    Biznes 22 Oktabr 2024 530

    Fargʻona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda joriy yil 18-19-oktyabr kunlari Qoʻqon shahrida Oʻzbekiston-Kuvayt biznes forumi tashkil etildi.

    Tadbirda Kuvayt Tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Ahmad al-Ilaj boshchiligidagi biznes delegatsiya qatnashdi.

    Tadbir davomida Fargʻona viloyatiga sarmoya kiritish hamda sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti imkoniyatlari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. Shuningdek, Oʻzbekiston va Kuvayt ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida V2V formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.

    Forum doirasida kuvaytlik biznesmenlarning “Qoʻqon” erkin iqtisodiy hududi faoliyati bilan tanishdi.

    Bundan tashqari, Kuvayt vakillari “Fargʻona – vodiy gavhari. Investitsiyalar va turizm istiqbollari” mavzusidagi birinchi xalqaro forumda ham ishtirok etdilar, deb xabar beradi “Dunyo” AA.