Qoʻqon va Moʻynoq aeroportlari parvozlarni qabul qila boshladi

    Joriy yilning 1-aprelidan boshlab Qoʻqon — Toshkent, shuningdek, Moʻynoq — Nukus yoʻnalishlarida havo qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    Qoʻqon va Moʻynoq shaharlaridagi ikkita hududiy aeroportlar reyslarni qabul qilishga tayyor.

    “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning 1-aprelidan boshlab Qoʻqon — Toshkent, shuningdek, Moʻynoq — Nukus yoʻnalishlarida havo qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Parvozlar yengil L-410 samolyotlarida amalga oshiriladi.

    Toshkent — Qoʻqon — Toshkent yoʻnalishida qatnovlar har kuni amalga oshiriladi: Toshkentdan uchish soat 11:30da, Qoʻqonga qoʻnish soat 12:30; Qoʻqondan uchish soat 13:00da, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.

    Nukus — Moʻynoq — Nukus yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Nukusdan joʻnab ketish soat 09:00da, Moʻynoqga yetib kelish 09:35; Moʻynoqdan joʻnash soat 10:05da, Nukusga yetib kelish 10:40.