Unda Rossiya, Mo'g'uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatidan 200 ga yaqin eng sara polvonlar ishtirok etmoqda.
Jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 216 million so'mni tashkil etadi.
— Milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashning xalqaro sport maydonlarida yildan yilga nufuzi oshib bormoqda, — deydi O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov. — Qo'qon shahrida ilk bor tashkil etilgan ushbu jahon chempionati yuqori saviyada o'tishida yaqindan ko'makchi bo'layotgan Farg'ona viloyati, Qo'qon shahar hokimliklariga, viloyat prokuraturasiga, viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga, shuningdek, sektor rahbarlariga hamda boshqa hamkor tashkilotlarga o'z minnatdorligimizni bildiramiz.
Ilhom Rahmonov