Psixotrop dori vositalari olib oʻtilish holati aniqlandi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dangʻara tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qoʻqon-Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, fuqaro I.A. 560 dona “Regapen” hamda 105 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.