Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

  • yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;
  • Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, oʻquv-simulyatsion markaz va mehmonxona.

Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.

Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:

  • tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;
  • telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.

2025/2026 oʻquv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

2025-yil 1-oktyabrdan Akademiya faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.