Bundan avval Qoraqalpogʻiston hududlarida quruq va iliq ob-havo kuzatilgan edi.

Kuchli shamollar yerning qurigan yuzasidan qum va chang koʻtarilishiga hamda ayrim joylarda koʻrinuvchanlikning 180 m gacha kamayishiga olib keldi.

Oʻzgidromet tomonidan ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi, kuchli shamollar va chang toʻzonlar koʻtarilishi haqida oldindan ogohlantirish berilgandi.

5-mart soat 13:00 holatiga respublika hududida yogʻingarchilik yogʻmoqda, bu esa oʻz navbatida qum va changli boʻronlarni atmosfera xavosiga koʻtarilishini oldini oladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 5-6-mart kunlari kuchli shamollar saqlanib koladi, deya xabar beradi Oʻzgidromet.