Qoraqalpogʻistonda 3 ta yirik shamol elektr stansiyasi quriladi

    Energetika 9 Oktabr 2023 2722

    Buning uchun dastlabki baholash boʻyicha jami 667 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini, quvvati 100 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini, quvvati 500 kV boʻlgan podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish (Kungrad Wind 2)" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.

    Unga koʻra, "ACWA Power Company (Saudi Listed Joint Stock Company)" (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tomonidan "Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi, quvvati 100 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimi, quvvati 500 kV boʻlgan podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmogʻini qurish (Kungrad Wind 2)" loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasida "ACWA Power Kungrad Wind 2" MCHJ XK taʼsis etiladi.

    Buning uchun dastlabki baholash boʻyicha jami 667 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi.

    Loyiha doirasida shamol elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun yangi podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlari Loyiha kompaniyasi tomonidan quriladi va ishga tushirilgandan soʻng "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga topshiriladi.

    "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ 25 yil davomida ishlab chiqilgan elektr energiyani kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi.

    Elektr energiyasi uchun toʻlov milliy valyutada amalga oshiriladi.

    Mazkur loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytiradi.