Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.M.“ MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, MCHJning avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasiga oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatib, jami 1,1 mln kub metr tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 mlrd soʻm zarar yetkazgani aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.