Qoraqalpogʻiston sekin-asta faol iqtisodiy hududga aylanmoqda. Ikki yilda 64 ta investitsiya loyihasi ishga tushgani natijasida 5 mingdan ziyod aholi ishli boʻlgan.
Yangi loyihalar Qoraqalpogʻistonda sanoat, logistika, qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantiradi. Yaqin yillarda qiymati 2 milliard dollarga yaqin yana 27 ta loyiha yoʻlga qoʻyiladi, salkam 10 ming kishi ish bilan taʼminlanadi.
«Menga hududdagi gaz, yoʻl qurilishi va biznesni rivojlantirish boʻyicha duch kelinayotgan muammolar haqida ham axborot berishdi. Birgalikda ular boʻyicha yechimlarni koʻrib chiqdik.Yangi zavodlar, klinikalar, dam olish maskanlari va logistika markazlari — barchasi qoraqalpoq elining hayotini yaxshilashga, iqtisodiy oʻsishga xizmat qilishiga ishonaman», deb yozdi Prezident adminstratsiyasi rahbari.








