Unda Saudiya Arabistoni Investitsiyalar vaziri Xalid al-Falih, “ACWA Power” ” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan, Oʻzbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Mazkur yirik quvvatli shamol elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushirilishi, yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi va buning natijasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishi rejalashtirilgan. Ahamiyatlisi, stansiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlash kimyoviy batareyalari (akkumulyatorlar) oʻrnatiladi.

Ushbu batareyalar shamol turbinalaridan chiquvchi oʻzgaruvchan elektr energiyasini rostlab beradi.