Hujjat bilan 3 yulduzliga aylantiriladigan mehmonxonalarga subsidiya berish tartibi belgilanmoqda.
Subsidiya Qoraqalpogʻiston hududida faoliyat yuritayotgan, ilgari yulduz toifasiga ega boʻlmagan va 3 yulduzli toifaga aylantirilgan mehmonxonalargi beriladi.
Subsidiya miqdori – har bir xona uchun 20 mln soʻm.
Subsidiyani olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP orqali murojaat etish lozim.
Subsidiyani toʻlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan 10 ish kuni ichida mablagʻlar tadbirkorlik subyektining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Subsidiyani olgan tadbirkorlik subyekti mehmonxona xizmatini koʻrsatishi hamda yulduzli toifani kamida 5-yil mobaynida saqlab turishi kerak. Aks holda, tadbirkorlik subyekti olgan subsidiya mablagʻlarini qaytarishga majbur (qaytariladigan mablagʻlar miqdori faoliyatni davomiyligidan kelib chiqib aniqlanadi).
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 20.05.2024-yildan kuchga kirdi.