Shu yil 9-14-dekabr kunlari Respublika hududida havo harorati keskin tushishi kutilmoqda. Buning natijasida aholi tomonidan tabiiy gazga boʻlgan talab oshishi inobatga olinib, magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimi tushib ketishining oldi olinishi talab etiladi.
Shu maqsadda Respublika hududidagi barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida reja-grafik asosida soat 6:00 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib beriladi.
“Худудгаз Қарақалпақстан“ tomonidan yetarli gaz bilan taʼminlash maqsadida barcha choralar koʻrilmoqda”, deyiladi xabarda.