Fuqarolik ishlari boʻyicha Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan undiruvchi A.A.ning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandining taʼminoti uchun qarzdor B.M.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushib, boʻlim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor B.M.ning aliment toʻlovlaridan qarzdorligi 37 mln soʻmdan oshib ketgani sababli unga boʻlim xodimlari tomonidan javobgarlik masalasi hal qilinishi bildirilgan.

Shunda qarzdor aliment toʻlovlari oʻrniga oʻz nomidagi uyni farzandlarining biri nomiga oʻtkazish istagini bildirib, oʻzining nomidagi Kegeyli tumanida joylashgan hovli uchastkasini joriy yilning 3-fevral kuni hadya etib, qoʻshimcha 15 mln soʻm bergan.