Yangi yil bayrami bolalarning quvonch-shodligi, samimiyati va kulgusi bilan yana-da totli boʻladi.Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Romitan tuman boʻlimi va tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida “Qorboboga maktub” ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 145 nafar ishtirokchilar oʻzlarining quyosh tafti kabi joʻshqin tilaklarini, shaffof suvdek tiniq orzu-istaklarini yozib ishtirok etishdi.

“Qorbobodan barcha bolalarning tilaklarini bajarishini,ularga baxt va quvonch ulashishni soʻrayman.”- deydi tanlov ishtirokchisi Qobilov Dilshodbek. Toza qalblarga quvonch baxshida etish maqsadida qorboboga maktub yozgan tanlov gʻoliblari qorbobodan maktub olishga muyassar boʻlishdi.

Darhaqiqat, begʻubor bolalik quvonchi,mehr qalqib turgan uchqun nigohlari,olamning jamiki ranglari mujassam koʻzlari dunyoning bor gʻuborini aritib yuboradi.
Koʻngli toza niyatlarga toʻla boʻy choʻzayotgan nihollarimiz samolarga yetsin!

Muhayyo Moʻminova,

Buxoro viloyati Romitan tumani

“Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori