Festival doirasida “O'zbekiston kinosi kunlari” ham bo'lib o'tadi.

Kinofestivalning ochilish marosimida O'zbekiston Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev boshchiligida o'zbek kino yulduzlari, aktyorlar va rejissyorlar ishtirok etishdi. 

Bu yil “Qo'rqut ota” V xalqaro kinofestivalida Ayub Shahobiddinovning “Bahorni quvib”, Nusrat Husanovning “Shamsiqamar”, Doniyor Shokirovning “Jadid ma'rifati”, Saida'loxon Mas'udxonovning “Vali G'afurov – igna bilan yozilgan roman” fil`mlari yo'nalishlar bo'yicha g'oliblikka asosiy da'vogarlar ro'yxatidan joy olgan.

Festivalga 10 ga yaqin davlatdan 50 ziyod film taqdim etilgan.