Germaniya, Gollandiya va Polsha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan oʻtkazilgan qoʻshma operatsiya ishtirokchilari uyushgan jinoyatchilik guruhlari tomonidan foydalaniladigan “Exclu” nomli shifrlangan xabar almashish dasturini buzdi.

“Exclu” dasturi foydalanuvchilar oʻrtasida xabarlar, fotosuratlar, eslatmalar, ovozli eslatmalar, chat suhbatlari va videolarni almashish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu dasturda hech kim foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga kira olmasligini taʼminlash uchun dunyodagi eng murakkab shifrlash protokollari birlashtirilgan.

“Exclu” foydalanuvchilari uyushgan jinoyatchilikka, xususan, giyohvand moddalar savdosiga aloqador ekanligi maʼlum qilingan.