Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “R.1” MCHJ rahbari O.V. tijorat banki filialidan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan 400 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini “B.a.” xususiy korxonasiga oʻtkazish orqali boshqa maqsadlarda sarflab, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.