Qoʻshrabot tumanida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshrabot tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

    Tekshiruvda “M.I.” MCHJ rahbari Sh.H. oʻzboshimchalik bilan oʻzi tomonidan sotib olingan transformatorni oʻrnatib, noqonuniy ravishda 63 dona “Mayner” uskunalari va ikki dona suv nasoslaridan foydalanib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.