Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan “Debyut start-2021» kinofestivalida gʻolib boʻlgan ssenariy loyihalari asosida “Qovoq mening jonu dilim” qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda.
Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotga koʼra, kinokartinada yosh yigit va qiz bir-biriga koʼngil qoʼyishi aks ettirilgan. Ular ilk uchrashuvida qovoqli manti tanovvul qilishadi. Yillar davomida baxtli turmush kechirishadi.
Stsenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Аlisher Nazarov, postanovkachi operator Sadriddin Shahobiddinov, rassom Umarxoʼja Tillaxoʼjaev, kartina direktori Foziljon Yunusov. Bosh rollarda Oyparcha Аbdullayeva hamda Husniddin Temirov ishtirok etishgan.