Mazkur filmlar “Debyut-2020” tanlovi asosida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Ularning mavzu va janrlar koʻlami keng. “Uy”, “Qovun pishganda”, “Ertaga bahor”, “Anvar”, “Kichkina katta odam”, “Tandir”, “Bahs” va boshqa qisqa metrajli filmlar shular jumlasidandir. Quvonarlisi, mazkur filmlar yosh debyutant rejissyorlar tomonidan suratga olingan, deb xabar beradi “Kinematografiya” agentligi.
Feruza Muxtorovna