Qovunni qanday holatlarda yeyish tavsiya etilmaydi?

    Sanitariya-epidemiologiya xizmati fuqarolarga qovun va tarvuz kabi poliz mahsulotlarini yoʻl yoqasida sotib olmaslikni tavsiya etdi.

    Diyetologlar qovunni faqat pishgan holda, asosiy ovqatlar orasida va boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmasdan isteʼmol qilishni tavsiya etishadi. Qovunni och qoringa yoki kechqurun soat 17:00 dan keyin yeyish maqsadga muvofiq emas

    Kechqurun uglevodlarga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish organizmda insulin miqdorining oshishi va yogʻlarning toʻplanishiga sabab boʻladi. Shu bilan birga, ayrim tibbiy holatlarda qovunni isteʼmol qilish mutlaqo tavsiya etilmaydi.

    Masalan, oshqozon yarasi yoki gastritning kuchaygan davrida qovundan tiyilish kerak

    Qovun kaloriya jihatidan yuqori emas — 100 grammida oʻrtacha 30–38 kilokaloriya mavjud. Biroq glikemik indeksi yuqori boʻlgani va tarkibida shakar miqdori koʻp ekani sababli, u qandli diabet yoki semizlikka moyil kishilar uchun maqbul mahsulot hisoblanmaydi

    Shu bilan birga, qovun inson salomatligi uchun bir qator foydali xususiyatlarga ega.

    U asab tizimini tinchlantiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, organizmni zarur vitaminlar va antioksidantlar bilan taʼminlaydi. Xususan, tarkibidagi foliy kislotasi tufayli homilador ayollar uchun ayniqsa foydali hisoblanadi

    Qovun ich qotishi, yurak faoliyatining susayishi, koʻrish qobiliyatining pasayishi, suyak muammolari, terining qurishi va soʻlligʻi, soch va tirnoqlar holati yomonlashganida yordam beruvchi tabiiy vosita sifatida ham tavsiya etiladi. Shuningdek, immunitetni mustahkamlashda ham samarali taʼsir koʻrsatadi

    Sanitariya-epidemiologiya xizmati fuqarolarga qovun va tarvuz kabi poliz mahsulotlarini yoʻl yoqasida sotib olmaslikni tavsiya etadi. Sababi, bunday mahsulotlar atrof muhitdagi toksik moddalarni oʻziga singdirishi va inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin