Qoʻyliq bozorida sharq boʻgʻma ilonlari noqonuniy sotilayotganligi maʼlum boʻldi

    Yashil sayyora 18 Iyun 2025 642

    Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Yashnobod tuman boʻlimi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda ommaviy axborot vositalari bilan birga “Yangiobod” va “Qoʻyliq” bozorlarida navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan reyd davomida “Qoʻyliq” bozori hududida 5 ta sharq boʻgʻma iloni noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi. Ilonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirildi.

    Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari — 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.

    Shuningdek, reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boshqa hayvon va qushlar ham aniqlanib, tabiatga qoʻyib yuborildi. Huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda choralar belgilandi.