Toshkentdagi Qoʻyliqota masjidi oʻrta asrlarga oid maqbara oʻrnida barpo etilgan.

Dastlab bu yerda Ahmad Yassaviy avlodlaridan boʻlgan, Samarqand qozikalonining oʻgʻli Hofiz Qoʻyliqiy maqbarasi qurilgan (1516-asrlar).

Rivoyatlarga koʻra, u toʻgʻrilik va ezgulikni targʻib etib, chorvachilik bilan shugʻullangan.

Mintaqadagi aholi ham, asosan chorvachilik bilan shugʻullangan va Hofiz Qoʻyliqiyning bilimdonligi tufayli, uni avliyo darajasiga koʻtargan.

1854-yil yoʻl qurilishi natijasida maqbara ziyon koʻrgan va mahalliy aholi tomonidan Qoʻyliqota qabri hozirgi oʻrniga koʻchirilgan.

1989-yilda aholi talabiga koʻra maqbara qayta taʼmirlangan.