Bu o'zgartirishlarga ko'ra, endilikda 73 davlat fuqarolari Qozog'istonga mamlakat xalqaro aeroportlari orqali vizasiz va idoralararo komissiyasi ruxsatnomasisiz tashrif buyurish huquqiga ega, deya xabar berdi Kazinform Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.
Bugungi kunga qadar ikki tomonlama kelishuvlar asosida Qozog'iston 19 davlat bilan vizasiz rejim o'rnatgan (Kuba bilan kelishuv ratifikatsiya bosqichida). Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 54 davlatdan kelgan xorijiy fuqarolarning Qozog'istonga kirishi uchun 30 kunlik vizasiz rejim tiklandi. Shunday qilib, ayni paytda dunyoning 73 davlati fuqarolari Qozog'istonga vizasiz va idoralaro komissiyasi ruxsatnomasisiz mamlakat xalqaro aeroportlari orqali tashrif buyurish huquqiga ega.
Belgilangan kirish va tranzit sayohatni engillashtirish Qozog'istonga faqat havo yo'li bilan kelgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi. Boshqa hollarda, idoralararo komissiyasining ruxsati hali ham talab qilinadi. Shu bilan birga, barcha hollarda, agar Qozog'iston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, karantin cheklovlari va viza talablariga rioya qilish majburiydir. Bundan tashqari, Qozog'iston Respublikasi fuqarolariga Qozog'iston xalqaro aeroportlari orqali xorijiy davlatlarga chiqishga ruxsat berildi hamda chegarani kesib o'tish davriyligi muddati 30 kundan 15 kungacha qisqartirildi.








