Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, oʻzaro hamkorlikda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi. Turkiston – Chimkent – Toshkent tezyurar temir yoʻli loyihasini amalga oshirish, Maqtaaral – Darbaza yangi temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi.
Boʻlib oʻtgan muzokaralarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi parvozlar yoʻnalishlarini ochish, xususan, Qozogʻiston shaharlaridan Samarqand va Urganch shaharlariga muntazam avia parvozlarni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, tomonlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda temir yoʻl qatnovlarini qayta tiklash masalasini muhokama etishdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.