Qozog'iston koronavirus tufayli biznesga moratoriy joriy qildi

    Voqea-hodisalar 12 May 2020 1363

    Qozog'istonda koronavirus epidemiyasi tufayli joriy qilingan favqulotda holat rejimi tadbirkorlarning sudga murojaatida fors-major (qaytarib bo'lmaydingan holat) sifatida tan olinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqaev ma'lum qildi.

    “Afsuski, butun dunyoda bo'lgani kabi biz ham barcha korxonalarni va barcha ish o'rinlarini saqlab qola olmaymiz, har bir biznes barqarorligini ta'minlay olmaymiz. SHu sababli normativ darajada favqulotda holat rejimini FHdan eng ko'p zarar ko'rgan iqtisodiyot sektorlari uchun fors-major holati sifatida tan olish kerak”, dedi Toqaev favqulotda holat bo'yicha davlat komissiyasining yakunlovchi majlisida.

    SHuningdek u, hozir tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va ularni murakkab davrda himoya qilish lozimligini ta'kidladi. «Vijdonsiz kreditorlar tomonidan bo'ladigan bosimlarga yo'l qo'ymaslik maqsadida yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarning kasodga uchrash jarayonlari shu yilning 1 oktyabriga qadar to'xtatilishi yuzasidan farmoyish beraman», – dedi Qozog'iston rahbari.

    Qozog'istonda 16 martdan boshlab kornavirus pandemiyasi tufayli favqulotda holat rejimi joriy qilindi. O'n birinchi maydan boshlab rejim tugadi, ammo mamlakat xududlarida karantin rejimi saqlab qolindi, xukumat cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilinishiga   va'da bermoqda, buning uchun COVID-19 virusining o'sishi haftada 7% dan oshmasligi kerak.

    Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Qozog'istonda 5207 nafar kishining koronavirus infektsiyasiga chalingani qayd qilingan.