Qozog'iston milliy bog'larni rivojlantirishda Amerika modelidan foydalanishga qaror qildi

    Yashil sayyora 11 Iyun 2020 1263

    2030 yilga kelib, Qozog'iston milliy bog'larida xususiy sarmoyalar hajmi 500 milliard tenge (1,25 milliard dollar) ga etishi, 20 minggacha qo'shimcha ish o'rinlari yaratilishi, turistlar oqimi esa 1,5 milliondan 12,5 milliongacha ko'payishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

    “Kazinform” xalqaro axborot agentligi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligidan olgan ma'lumotlarga ko'ra, Qozog'iston milliy bog'larida ekoturizmni rivojlantirishning asosiy muammolari turar joy, ovqatlanish joylarining sifati va tegishli infratuzilmaning yo'qligidir.

    Turli mamlakatlar tajribasi o'rganib chiqilganidan so'ng, milliy bog'larni rivojlant irishda amerikaliklar modelidan foydalanishga qaror qilindi. Unga ko'ra kapital qurilishsiz, piyoda yo'lakchalar, lagerlar, tomosha maydonchalari, etno-qishloqlar va chodir shaharchalarini joylashtirish bilan avtoulovlar va marshrutlarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

    Hozirgi kunda Qozog'istonda 13 ta milliy bog' mavjud. 2019 yilda ushbu bog'larga 1,5 million nafar sayyoh tashrif buyurgan.