Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Qasim-Jomart Toqayev va Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.












