Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari Kirill Dmitriyevning xabar berishicha, 2 milliondan ziyod doza vaksinani yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolangan. Bu haqda TASS xabar beradi.
- Kelishuvga binoan biz Qozogʻistonga 2 milliondan ziyod Rossiyaning
“Sputnik V” vaksinasini yetkazib berishimiz kerak. Kelgusida esa hamkorlarimiz bilan ushbu koʻrsatkichni 5 million dozaga yetkazish imkoniyatlarini oʻrganyapmiz, — dedi Kirill Dmitriyev.
“Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish toʻgʻrisida jamgʻarma Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligining yagona distribyutori boʻlgan “SK-Farmatsiya” kompaniyasi bilan kelishgan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.
“Sputnik V” vaksinasiga N.F.Gamelya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazida asos solingan va ishlab chiqarilyapti. Dunyo boʻyicha bir yuz ellikdan ortiq shunga oʻxshash dori vositalari ishlab chiqarilyapti. Ulardan taxminan oʻttiztasi odamlarda klinik sinovdan oʻtkazilyapti.