Qozogʻiston va Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi

    Soʻnggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yoʻllarda harakatlanish bilan bogʻliq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

    Shuningdek, ushbu davlatlarda yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi xabar qilinmoqda.

    Shu munosabat bilan, ushbu davlatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan yoʻllarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, zarurat boʻlmaganda uzoq masofali yoʻllarda transport vositalarida harakatlanmaslikni soʻraymiz, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.