Qozogʻistonda 30 kishi Xitoyda tarqalayotgan virusga chalindi

    Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻra, virusning asosiy simptomlari yoʻtal, tumov, hansirash, isitma, bosh ogʻrigʻi boʻlib, uni maxsus davolash usuli mavjud emas.

    Malumotlarga koʻra, ushbu virus Xitoyning shimoliy viloyatlarida, ayniqsa bolalar orasida avj olmoqda.

    Mutaxassislar aholini profilaktika choralariga rioya qilishga va gavjum joylarda aloqani cheklashga chaqirmoqda.

    “The Independent” gazetasining yozishicha, virus ayniqsa, chaqaloqlar, qariyalar va immuniteti zaif bemorlar uchun xavflidir. Ayni paytda hMPVni davolash uchun vaksina yoki oʻziga xos virusga qarshi dori yoʻq hamda shifokorlar odatda murojaat qilgan bemorlarda simptomlarni yoʻq qilish bilan cheklanadi.