Bu haqda parlament deputati Karakat Abden bosh vazir Oljas Bektenovga taklif bilan chiqdi.
Deputat deputatlik so'rovida Qozog'istonda so'nggi yillarda ayollar yetakchiligi sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilganini alohida ta'kidladi.
“Shu bilan birga, davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev davlat apparatida xotin-qizlar vakilligidagi nomutanosiblikka e'tibor qaratdi. Jumladan, “Auil” partiyasining tashabbuslari tufayli bu masala ijobiy siljish oldi. Birgina so'nggi olti oyning o'zida tuman hokimi bo'lgan ayollar soni 8 foizga oshdi, xotin-qizlar rahbarlik lavozimlariga dadilroq, qat'iyatlilik bilan intilishni boshladi. Ammo ko'rilgan chora-tadbirlarga qaramay, ularning natijalari miqdoriy ko'rsatkichlar darajasida qolmoqda, ammo bizga tizimli o'zgarishlar zarur”, dedi Abden.
Deputat o'z deputatlik so'rovida 2023-yilda davlat xizmatchilari o'rtasida ayollar ulushi 55,7 foizni tashkil etgan statistik ma'lumotlarni keltirib o'tdi, biroq ular rahbarlik lavozimlarida ancha kam – atigi 20,3 foiz. Shu bilan birga, Abden mustaqillikka erishgandan beri siyosiy lavozimlarni egallagan ayollar salmog'i hech qachon 15 foizdan oshmaganini ta'kidladi.
Deputat hukumatga ayollar yetakchiligini rivojlantirishga xizmat qiladigan qator takliflarni bildirdi. Xususan, Karakat Abden Skandinaviya mamlakatlari tajribasiga e'tibor qaratgan holda, homiladorlik va tug'ish bo'yicha to'lanadigan ta'tilni ikki yilgacha uzaytirish, shuningdek, ayollar uchun ish kunini qisqartirish imkoniyatini ko'rib chiqishni taklif qildi, deb xabar beradi tengrinews.kz.
“Bu oila institutini mustahkamlashga yordam beradi, ishlayotgan ayollar bolalarni tarbiyalashga ko'proq e'tibor berishlari mumkin bo'ladi”, deydi u.