Qozog'istonning janubiy cho'llariga tashrif buyuruvchilarni koinotga sayohat kutmoqda, chunki tarixga boy kosmodrom turizm ekotizimiga aylanadi.
Rossiya Boyqo'ng'irni ijaraga berishda davom etar ekan, u allaqachon foydalanishdan chiqarilgan 50 dan ortiq obyektni Qozog'istonga topshirgan. Rasmiylar ularni faqatgina raketa uchirilishi paytida emas, balki yil bo'yi jozibador bo'lgan turistik klasterga aylantirish niyatida.
1961-yilda birinchi odam koinotga uchirilgan Boyqo'ng'irdagi eng qadimiy va mashhur joy bo'lgan Gagarin uchirilgan maydon kabi diqqatga sazovor joylar atrofida turizm infratuzilmasi bo'yicha ishlar olib borilmoqda. U yerda immersiv eksponatlar, mehmonxonalar, glamping va bolalar lagerini yaratish rejalashtirilgan, deb xabar berdi ru.euronews.com.








