Qozog'istonda karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish rejasi ishlab chiqilmoqda, dedi sog'liqni saqlash vaziri Aleksey TSoy hukumat yig'ilishida.
“Karantin choralarini yumshatish bo'yicha ishlab chiqilgan mezonlarga muvofiq vazirlik yuqumli kasallikning reproduktiv ko'rsatkichi — odamlar sonini kuzatdi. Bunda qaysi bemor izolyatsiya qilinmasdan kasallik yuqtirganligi va koronavirus infektsiyasini davolash uchun kasalxonada yotish foizi qanchaligi inobatga olindi”, — dedi TSoy.
Uning ta'kidlashicha, uch haftalik karantin o'z samarasini bermoqda.
“Uch haftalik karantin davomida quyidagilarga erishildi: infektsiyaning reproduktiv ko'rsatkichi 1,2 dan 0,99 gacha pasaydi. Va koykalarni band qilish 90 foizdan 47 foizga tushdi. SHunday qilib, sog'liqni saqlash tizimidagi asosiy yuk ko'rsatkichlarining yuqoridagi ijobiy dinamikasi karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish mumkinligidan dalolat beradi”, dedi vazir.
Sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, Qozog'istonda karantin joriy etilganidan beri koronavirus bilan bog'liq holatlar 29 foizga kamaygan.