Uning fikricha, koronavirus pandemiyasiga qarshi faqat karantin orqali kurashish mumkin.
«Yaxshiyamki, 70 foiz holatda kasallik yengil alomatlar yoki umuman alomatsiz oʻtadi. Ammo qolgan, mamlakat klinikalariga murojaat qiladigan 30, 20 yoki hatto 10 foiz oqim ham bizning sogʻliqni saqlash tizimi uchun koʻplik qildi. Karantinni uzaytirish juda toʻgʻri chora.
Mening fikrimcha, yil oxirigacha uzaytirilishi kerak. Biz koʻplab stadionlarni kasalxonalarga aylantirishimiz mumkin. Ammo bu muammoning yechimi emas. Bizda shifokorlar ham, moliyaviy manbalar ham koʻp emas. Pandemiyaga qarshi faqat karantin orqali kurashish mumkin", dedi u.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda 70 339 kishi koronavirusdan zararlangan, 464 bemor vafot etgan.